Mandriva Linux

O'rnatish Yo'l-Yo'riqlari

Talab qilinadi

Mandriva Linuxni o'rnatish aksariyat hollarda O'rnatish diskini drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlash kabi oddiy vazifadir. 1-usulga qarang.

QAYD:


Quyida Mandriva Linuxni o'rnatishning birnechta usullari berilgan:

  1. To'g'ridan-to'g'ri kompakt-disk yordamida boot qilish
  2. Windowsda tizimni yuklash disketi yaratish
  3. O'rnatishning boshqa usullari


1. To'g'ridan-to'g'ri kompakt-disk yordamida boot qilish

O'rnatish kompakt-diski bootabledir. Ko'pincha kompakt-diskni drayvga qo'yib, kompyuterni qayta boshlashning o'zi kifoya. Ekranda ko'rsatilgan yo'l-yo'riqlarga amal qiling: o'rnatishni boshlash uchun [Enter] klavishini bosing, yoki qo'shimcha yordam uchun [F1] ni bosing.

QAYD:

Ba'zi ko'chma kompyuterlarda sistema kompakt-diskdan boot qilmasligi mumkin. Shu hol ro'y bersa, ikkinchi kompakt-diskdan boot qilishga urinib ko'ring: u ham bootable, faqat "xavfsizroq" boot jarayoniga ega. So'ralganda kompakt-diskni o'zgartiring. Mabodo ikkinchi kompakt-disk ham boot qilmasa, tizimni yuklash disketi tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Tafsilotlarini 2-usuldan o'qing.

[sahifa yuqorisi]


2. Windowsda tizimni yuklash disketi yaratish

Agar kompyuteringiz kompakt-diskdan boot qilolmasa, quyidagi usulda Windowsda tizimni yuklash disketi yaratishingiz lozim:

O'rnatishni boshlash uchun:

[sahifa yuqorisi]


3. O'rnatishning boshqa usullari

Mabodo ma'lum sabablarga ko'ra yuqorida keltirilgan usullar sizga to'g'ri kelmasa (tarmoq yoki pkmkia qurilmadan o'rnatmoqchi bo'lsangiz, yoki...), tizimni yuklash disketi yaratishingiz lozim:

buyerda "xxxxx.img" quyidagi imagelardan biridir:

cdrom.img kompakt-diskdan o'rnatish
hd_grub.img hard-diskdan o'rnatish (Linux, Windows, yoki ReiserFS fayl sistemasida)
you can configure it for your system at: http://qa.mandriva.com/hd_grub.cgi
network.img ftp/nfs/http dan o'rnatish
NOTE: you will need to insert network_drivers.img in your floppy drive when prompted
pcmcia.img pcmcia qurilmalardan o'rnatish (ogoh bo'lingki, ko'pchilik pcmcia tarmoq adapterlari endi to'g'ridan-to'g'ri network.img fayli tomonidan qo'llab-quvvatlanadi)

You may also burn boot.iso on a CDROM and boot from it. It supports all installations methods, cdrom, network, and hard-disk.

[sahifa yuqorisi]


Agar biron sababga ko'ra odatiy grafik usulda o'rnatishda muammo paydo bo'lsa, matnli usulga o'tish mumkin. Buning uchun Mandriva Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda text deb yozing.

Agar mavjud Mandriva Linux sistemangizni qutqarish kerak bo'lsa, O'rnatish kompakt-diski (yoki tegishli floppini) qo'yib, Mandriva Linux birinchi ekranida [F1] ni bosib, promptda rescue deb yozing.

Qo'shimcha texnik ma'lumot uchun buyerni ko'ring: http://www.mandrivalinux.com/drakx/README

[sahifa yuqorisi]


O'rnatishning asosiy bosqichlari quyidagilar:

  1. O'rnatish kompakt-diskini (yoki lozim bo'lsa O'rnatish disketini) drayvga qo'ying va kompyuteringizni qayta boshlang.
  2. Mandriva Linux birinchi ekrani paydo bo'lganda [Enter] ni bosing va diqqat bilan yo'l-yo'riqlarga amal qiling.
  3. O'rnatish tugallangach kompakt-disk chiqariladi, uni oling (boshqa disketlar drayvda bo'lsa ularni ham); kompyuteringiz qayta boshlanadi. Agar bunday qilgisi kelmasa, uni o'zingiz qiling.
  4. Mandriva Linux boshlanadi. Sistema paydo bo'lgach, o'rnatish vaqtida qo'yganingiz yuzer sifatida, yoki root sifatida kompyuterga login qiling.

Muhim qayd:

"root" sizga Linuxda cheklanmagan huquqni beradi. Undan Linuxni sozlash yoki tuzatish uchungina foydalaning. Har kungi foydalanish uchun normal yuzer akkountidan foydalaning, uni "userdrake" asbobi yoki "adduser" va "passwd" buyruqlari yordamida sozlash mumkin.

Mandriva Linux bilan ishlashda omad tilaymiz!

[sahifa yuqorisi]


Qo'shimcha yordam uchun quyidagilarni ko'zdan kechiring: